"Napoli" hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya yozda "Barselona"ga o'tmaydi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib, TodoFichajes xabar bermoqda.

"Barselona" uzoq vaqtdan beri Xvichani kuzatib kelmoqda, biroq gruziyalik futbolchi yozda klubini o'zgartirmaydi, deya ta'kidlaydi manba.

Avvalroq Italiyada Kvaratsxeliya tez orada "Napoli" bilan yangi shartnoma imzolashi, natijada futbolchining maoshi oshishi haqida xabar berilgandi.

2023/2024 yilgi mavsumda Xvicha Kvaratsxeliya 38 o'yin o'tkazib, o'nta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.