
Roberto De Dzerbi mavsum oxirida "Brayton"ni tark etishi mumkin. Avvalroq, murabbiy "Brayton" bilan shartnomani uzaytirish haqida gapirgandi.
“Men ambitsiyam va motivatsiyamni saqlab qolmoqchiman. Kuniga 24 soat futbol uchun yashayman.
"Brayton"ning rejasi va loyihasini tushunmoqchiman, chunki o'zimni qulay his qilmasam, qola olmayman", dedi Roberto.
Insayder Nikolo Shkiraning so'zlariga ko'ra, De Dzerbi mavsum oxirida "Brayton"ni tark etishga tayyor. Italiyalik murabbiy Evropaning etakchi klublaridan birini boshqarmoqchi.
Oldinroq de Dzerbiga "Barselona", "Bavariya" va "Liverpul" klublari qiziqayotgani xabar qilingandi.
Fikrlar 0