"Barselona" himoyachisi Markos Alonso mavsum oxirida jamoani tark etadi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.

Tomonlar 2024 yilning 30 iyunida tugaydigan shartnomani uzaytirmaslikka kelishib oldilar.

Joriy mavsumda 33 yoshli ispaniyalik kataloniyaliklar safida 7 ta o'yin o'tkazdi. Alonso "Barselona" safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.