[b]"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun Parijda bo'lib o'tadigan "Oltin to'p" topshirish marosimida qatnashmaydi. Futbolchi ushbu sovringa ega chiqmasligini eshitganidan keyin "France Football"ning taklifiga rad javobini bergan. Futbolchi shu paytda Milanda A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib oladi. Katta ehtimol bilan "Oltin to'p" " Barselona" hujumchisi Leo Messiga taqdim qilinadi.[/b] [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-532001_original.jpg[/readimg]