"Barselona" yozda o'ng qanot himoyachisi Ektor Fortni yo'qotish xavfi ostida. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 17 yoshli himoyachining shartnomasida tovon puli 6 million evroga teng. Yozda har qanday manfaatdor klub bu pulni to'lab, doimiy ravishda transferni tashkil qilishi mumkin.

Avvalroq, yosh himoyachining transferiga Frantsiyaning "PSJ" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu bilan birga, “Barselona” rahbariyati vaziyatdan xabardor va Fortni boy berishni istamayapti. “Ko'k-anorranglilar” futbolchiga yangi shartnoma taklif qilib, uni saqlab qolishga harakat qiladi.

Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida Fort to'rtta o'yinda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.