"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo yozda jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur yozishicha, “Arsenal” yozgi transfer oynasida 29 yoshli futbolchini tekinga o'tkazishga harakat qiladi.

Bundan tashqari, manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" va "Manchester Yunayted" ham da'vogarlar orasida bor.

Joriy mavsumda Rabyo barcha turnirlarda 26ta o'yinda qatnashib, to'rtta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.