
"Barselona" markaziy himoyachi Jyul Kunde borasida bir qarorga kelmagan. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Avvalroq Kunde yozda Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Futbolchiga poytaxtning "PSJ" klubi qiziqish bildirmoqda.
Kunde joriy mavsumda bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 2022 yilning yozida “Barselona” Jyulning transferi uchun 50 million evrodan ko'proq pul to'lagan edi.
Fikrlar 0