Politsiya Kataloniyaning "Barselona" klubi mashg'ulot bazasi yonida navbatchilik qiladi, deb xabar berdi "Marca".
"Ko'k-anorranglilar" himoyachisi Inigo Martines "tiktoker" muxlis bilan mojaroga uchraganidan keyin bu choraga murojaat qilishga to'g'ri keldi. Klub politsiya bilan maslahatlashib, futbolchilarni haqorat qilib, mojaro qo'zg'atuvchi "tiktokerlar" muammosi surunkali ekani ma'lum bo'ldi.
Politsiya asosiy e'tiborni mashg'ulotlardan keyingi jarayonga, ya'ni futbolchilar uyga qaytish vaqtiga qaratadi.
Fikrlar 0