Himoyachi Joau Kanseluning kelajagi muhokama qilinmoqda.

"Barselona" futbolchini "Manchester Siti"dan sotib olmoqchi, biroq hammasi Kataloniya klubining moliyaviy cheklovlari va "shaharliklar"ning talablariga bog'liq.

Kanseluga "Arsenal", "Chelsi", "Bavariya" va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Biroq, bu klublar bilan muzokaralar futbolchining pozitsiyasi tufayli to'xtatildi - Joau faqat "Barselona"da o'ynashni xohlaydi.