"Barselona" EChL chorak finalida "PSJ"ga qarshi o'ynaydi. Kataloniyaliklar safida frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde o'z hamyurti Kilian Mbappeni to'xtatishga harakat qilib ko'radi.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, Frantsiya futbol federatsiyasidagi shaxslar Kundega qo'ng'iroq qilib, Chempionlar ligasi chorak finalida Mbappega qarshi o'ta tajovuzkor o'ynamaslikni so'rashdi, chunki ular hujumchining EVROdan oldin jarohat olishini istashmaydi.

Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi ilk uchrashuv 10 aprel tunda bo'lib o'tadi.