
Chadi Riad qisqa muddatga "Barselona"ga qaytishi mumkin.
Diario Sport xabariga ko'ra, kataloniyaliklar himoyachini 3 million evroga majburiy sotib olish sharti bilan "Betis"ga ijaraga berishgan, ammo uning rivojlanishini ko'rib, darhol 7 million evroga qaytarib sotib olish variantini faollashtirishmoqchi.
Shu bilan birga, "blaugrana" uni o'z safida qoldirishni rejalashtirmayapti. Ular 20 yoshli futbolchini kamida 15 million evroga sotishga umid qilmoqda.
Riad joriy mavsumda La Ligada 19 ta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar 0