“Barselona” yosh futbolchilardan foydalanish borasida ligada etakchilar qatorida.

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi hisob-kitoblariga ko'ra, 2023-yilning 3-aprelidan 2024-yilning 2-apreliga qadar “Barselona”dagi jami o'yin vaqtining 22 foizi 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga to'g'ri kelgan. Bu kuchli chempionatlardagi uchinchi natijadir.

Top 20 talikka quyidagilar kiradi:

1. «Strasbur» – 26,8%.

2. «Lion» – 23,2%.

3. «Barselona» – 22%.

4. «Brayton» – 16,5%.

5. «Valensiya» – 15,6%.

6. «Jirona» – 14,2%.

7. «Loryan» – 13,2%.

8. «Tuluza» – 13,1%.

9-10. «Metts» va «Leyptsig» – 12%.

11. «Manchester Yunayted» – 11,8%.

12. «Chelsi» – 11,1%.

13. «Renn» – 10,7%.

14-15. «Borussiya» Menxengladbax va «Lill» – 10,6%.

16. «Bavariya» – 10,1%.

17. «PSJ» – 9,9%.

18. «Bernli» – 9%.

19-20. «Atalanta» va «Frozinone» – 8,9%.