"PSJ" - "Barselona" va "Atletiko" - "Borussiya" uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi.

Parijda bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichi dastlabki uchrashuvini Entoni Teylor boshchiligidagi angliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

"Atletiko" - "Borussiya" uchrashuviga italiyalik hakamlar tayinlandi, bosh hakam - Marko Guida.

Har ikki o'yin 10 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da bo'lib o'tadi.