
"PSJ"ning ikki futbolchisi Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotlarni davom ettirishdi.
Jurnalist Adrien Grenening xabariga ko'ra, hujumchi Bredli Barkola va yarim himoyachi Uorren Zair-Emeri "Barselona" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rish maqsadida jamoaning bugungi mashg'ulotida qatnashgan.
Shu bilan birga, manba himoyachi Nordi Mukiele parijliklarga aniq yordam bermasligini ham aniqlab berdi. Ashraf Xakimining diskvalifikatsiyasini hisobga olsak, parijliklar ikkita o'ng qanot himoyachisisiz qolishadi.
"PSJ" - "Barselona" o'yini chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da bo'lib o'tadi.
Fikrlar 0