"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele "Barselona"ning qaysi futbolchilari bilan aloqada ekani haqidagi savolga javob berdi.

"Kundeni tanaffusda ko'rdim, Gaviga ham qo'ng'iroq qildim. Biz u bilan o'yinlardan oldin tez-tez gaplashamiz", - dedi Dembele Barca Times bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Dembele 2017 yildan 2023 yilgacha "Barselona" safida o'ynagan. O'tgan yozda frantsiyalik futbolchi "PSJ"ga o'tgandi.

10 aprel, chorshanba kuni "PSJ" Chempionlar ligasi 1/4 finali dastlabki o'yinida "Barselona"ni qabul qiladi.