"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Barselona"ning uslubini o'zida mujassamlashtirganda o'zini yuqori baholadi. Mutaxassisning fikricha, bu borada u Xavidan ustun.

"Barselona" uslubini kim yaxshiroq ifodalaydi? Shubhasiz, men. Bu mening fikrim. To'pga egalik qilish, gollar, bosim, unvonlar, sovrinlar. Kimdir boshqacha fikrda bo'lsa ham, men "Barselona"ni hammadan ko'ra yaxshiroq timsol qilaman", - dedi Enrike.

"PSJ" va "Barselona" o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 10 aprel, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.