Sobiq futbolchisi Eduard Mor EChL chorak finalidan o'rin olgan “PSJ” – “Barselona” uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

“Biz bu qarama-qarshilik avvallari qanchalik qiziqarli bo'lganini eslaymiz. Ammo hozir "Barselona" biroz boshqacharoq. Mbappe oradagi farqni yuzaga keltiradi. Garchi usiz ham parijliklarning ahvoli "Barselona"dan yaxshiroq", - deydi sobiq futbolchi.

"PSJ" va "Barselona" o'rtasidagi birinchi uchrashuv bugun, 10 aprel kuni Frantsiyada bo'lib o'tadi.