Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jyul Kunde EChL chorak finalida “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe bilan bo'lgan qarama-qarshilikdan umidlari bilan o'rtoqlashdi.

“Xavi bilan Mbappeni muhokama qildimmi? Kilian qanday futbolchi ekanligini hammamiz bilamiz. Unga qarshi himoyalanish mening ishim, men vazifani bajarib, raqibimni to'xtatishga harakat qilaman. Murabbiy mendan so'ragan hamma narsani bajaraman va bor kuchimni sarflayman”, - dedi Kunde matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Jyul va Kilian Frantsiya terma jamoasi futbolchilar hisoblanadi.