"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe bilan dueli haqida gapirdi.

Kataloniyaliklar parijliklar yulduzini zararsizlantirish vazifasini uddalashdi - u hech qanday samarali harakatlarsiz qoldi va umuman darvozaga aniq zarba bera olmadi.

Uchrashuv 3:2 hisobida “Barselona”ning mehmondagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Mbappeni zararsizlantira oldimmi? Men juda xursandman, lekin bu jamoaviy ish. Biz Kilian bilan shug'ullanish qanchalik qiyinligini bilamiz, lekin bugun uddaladik", - deya Kundening so'zlarini keltiradi Barca Universal.