
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi 2023 yil oktabr oyidan beri transfer qiymati eng ko'p oshgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar reytingini e'lon qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona"ning 16 yoshli yarim himoyachisi Lamin Yamalning transfer qiymati so'nggi olti oyda 134 million evroga oshgan, ispaniyalik futbolchining narxi hozirda 145 million evroga etgan. Kataloniyalik futbolchi reytingda birinchi o'rinni egallab turibdi.
Transfer qiymati oshishi bo'yicha ikkinchi o'rinda "Benfika"dan portugaliyalik Joau Nevesh (+72 million evro). Uchinchi o'rinni "Jirona"dan braziliyalik Savio (+70 million evro) egallab turibdi.

Fikrlar 0