"Barselona" La Liga o'yinida yana bir bor o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

Shanba kuni Xavi Ernandes shogirdlari safarda "Kadis"ga qarshi o'yinda (1:0) minimal g'alabaga erishdi.

"Ko'k anorranglilar" uchun bu Ispaniya chempionatidagi oltinchi o'yin bo'ldi. Bungacha Kataloniya grandi «Las-Palmas» (1:0), «Atletiko» (3:0), «Malorka» (1:0), Bilbaoning «Atletik» (0:0) va «Xetafe» (4:0) klublariga qarshi bahslarda gol o'tkazmagan.

“Barselona”ning shu kungacha La Ligadagi so'nggi o'tkazib yuborilgan goli 17-fevral sanasiga to'g'ri keladi: o'shanda Mark-Andre ter Shtegen darvozasini “Selta” futbolchisi Yago Aspas ishg'ol qilgan (2:1).