"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Barselona" ustozi Xavi Ernandesning so'zlari haqida gapirdi.

Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" murabbiyi Enrike uning futbolga qarashlari shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatganini aytgandi.

"Albatta, men buni qadrlayman. Men u bilan ko'p narsalarni baham ko'rdim. Uning so'zlari juda yoqimli", - dedi Enrike jurnalistlarga.

Ertaga, 16-aprel kuni "PSJ" Chempionlar ligasi chorak final javob o'yinida "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi.