"Barselona" Rafinya Diasni Premer-ligaga sotishdan bosh tortdi.

Diario Sport xabariga ko'ra, kataloniyaliklar ingliz klublaridan biridan 60 million evrolik taklif olgan, biroq uni rad etishgan.

Qayd etilishicha, “blaugrana” braziliyalikni 80 milliondan kamiga sotmaydi.

La Liganing joriy mavsumida Rafinya 23 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.