"Barselona"ning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauxo Frantsiyaning "PSJ" jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob o'yinida qizil kartochka olganidan keyin qilgan ishorasi uchun jazolanishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, futbolchi barmoqlarini birin-ketin musht qilib bukib, bu uchrashuvda hakamning noxolislik qilganini yaqqol ko'rsatdi.

Buning uchun UEFA futbolchiga nisbatan qo'shimcha sanktsiyalar qo'llashi mumkin. Eslatib o'tamiz, “Barselona” – “PSJ” uchrashuvi safarda frantsiyaliklarning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlari ikki o'yindan iborat bo'lgan bahsda umumiy 6:4 hisobida zafar quchdi.

Yarim finalda parijliklar Dortmundning “Borussiya” jamoasi bilan to'qnash kelishadi.