Frantsiya terma jamoasi va “Barselona” himoyachisi Jyul Kunde klubini o'zgartirishi mumkin.

TeamTalk jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, "Manchester Yunayted" futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Mankunianliklar" Kundeni himoyachi Aaron Uan-Bissakaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

"Manchester Yunayted"ning yangi egasi Jim Retkliffning shaxsan o'zi frantsiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor.