Whoscored portali talqini bo'yicha Chempionlar ligasida haftaning ramziy terma jamoasi ma'lum bo'ldi.

11 nafar futbolchidan 4 nafari Dortmundning «Borussiya» klubi vakili edi. Whoscored Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi jamoasini aniqladi:

Darvozabon: Andrey Lunin («Real»);

Himoyachilar: Yan Matsen («Borussiya» Dortmund), Nacho Fernandes («Real»), Erik Dayer, Yozua Kimmix («Bavariya»);

Yarimhimoyachilar: Bredli Barkola («Pari Sen-Jermen»), Yulian Brandt, Marsel Zabittser («Borussiya» Dortmund);

Hujumchilar: Usman Dembele, Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen»), Niklas Fyullkrug («Borussiya» Dortmund).