Kataloniyaning "Barselona" klubi "Atletiko Madrid"ning "Nitstsa" markaziy himoyachisi Jan-Kler Todiboga qiziqishidan foyda olishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" frantsuzning keyingi sotuvidan 20 foizini olishi kutilmoqda, ammo "Atletiko" o'z hujumchisi Joau Feliksga chegirma qilsa, "Barselona" bu variant haqida o'ylamasa ham bo'ladi.

Bu haqda Sport nashri xabar berdi. Eslatib o'tamiz, Feliks joriy mavsum oxirigacha "Barselona"da ijara asosida o'ynaydi, ammo "ko'k-anorranglilar" bu transferni doimiy ravishda yakunlamoqchi. Bunga hozirda portugaliyalik uchun 70-80 million evro tovon puli talab qilayotgan "Atletiko"ning so'rovlari to'sqinlik qilmoqda.