"Barselona" dekabr oyida "Kamp Nou"ga qaytadi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, ta'mirlangan "Kamp Nou" shu yilning 15 dekabrida ochiladi.

Dastlab "Barselona" direktorlar kengashi stadionga qaytish vaqtini 29 noyabr kuni bo'lib o'tadigan klubning 125 yilligiga to'g'rilamoqchi bo'lgan.

Biroq, yakunda shoshilmaslik va La Ligadan rekonstruktsiya qilingan "Kamp Nou"dagi birinchi o'yinni 15 dekabr kuni o'tkazishni so'rashga qaror qilindi.