Hujumchi Paulo Dibala "Roma"da qolish niyatida emas.

Joze Mourino iste'foga chiqarilganidan so'ng, argentinalik futbolchi Italiya poytaxtidagi sport loyihasiga optimistik kayfiyatda emas, shu bois yozda u kluini o'zgartiradi.

Dibalani "Roma"dan 12 million evroga sotib olish mumkin, bu esa uni ko'plab klublar uchun hujumni kuchaytirish uchun jozibador variantga aylantiradi. 

Todofichajes xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" allaqachon 30 yoshli Dibala bilan to'rt mavsumga shartnoma imzolash bo'yicha ish boshlagan.

Biroq, u hali rasmiylashtirilishi kerak. Kataloniyaliklar yaqin kelajakda bu jarayonni tezlashtirishni rejalashtirmoqda, deya qayd etadi manba.