Yarim himoyachi Frenki de Yong yozgi transfer oynasida "Barselona"ni tark etishi mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklarni hisobga olib, niderlandiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Ilgari de Yongga "PSJ" qiziqqan edi, biroq so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Liga 1 giganti de Yong variantidan bosh tortgan.

Sababi, frantsuz klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzishdan xavotirda, deb yozadi Spanish Sport.