"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi, deb xabar bermoqda Sport.es. 

Futbolchi Ispaniya chempionatining 32-turidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi.

Niderlandiyalik futbolchining to'pig'i shikastlangani aniqlangan. Uning tiklanishi uchun taxminan 5 hafta kerak bo'ladi.

26 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsum boshqa maydonga tushmaydi. Shu bilan birga, u Evropa chempionatigacha tiklanish imkoniyatiga ega.