
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva yozda "Barselona" klubiga o'tish uchun maoshini kamaytirishi mumkin. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, ispanlar keyingi transfer oynasida kelishuvni yakunlay olishlariga ishonishmoqda.
Avvalroq Silvaning shartnomasida tovon puli 60 million evro qilib belgilangani, ammo "Manchester Siti" chegirma qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bernarduning o'zi "Barselona"ga o'tishni juda xohlaydi.
Silva Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi mavsum oxirida oltinchi marta Premer-liga chempionligini qo'lga kiritishi mumkin.
Fikrlar 0