"Barselona" vitse-prezidenti Rafa Yuste kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi jamoada qolishini va klub bilan shartnomasini uzaytirishini ma'lum qildi.

“Xavi qoladi, u bu erda juda baxtli. Biz hech qachon boshqa murabbiy bilan muzokara o'tkazmaganmiz. Deku ham Xaviga ishonadi. Qaror tasdiqlandi", - deydi Yuste.

Yanvar oyida Xavi Kataloniya jamoasi bosh murabbiyligidan muddatidan oldin iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi. So'nggi paytlarda OAVda Xavi o'z qarorini qayta ko'rib chiqishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlar faol muhokama qilinmoqda.