Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transfer oynasida tayanch yarim himoya pozitsiyasini kuchaytirishni maqsad qilgan, deya xabar berdi Mundo Deportivo.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" bu yo'lda Martin Subimendi ("Real Sosedad"), Joshua Kimmix ("Bavariya") va Duglas Luisdan ("Aston Villa") birini sotib olmoqchi.

Avvalroq, Kimmix "Barselona"ga 30-35 million evroga tushishi mumkinligi, ammo uning maoshi muammo bo'lishi haqida xabarlar chiqqandi.