[readimg]https://stadion.uz/images/news/modrich-messi-ballondor.jpg[/readimg] [b]Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Ronalduning “Oltin to'p” taqdirlash marosimida ishtirok etmaganligiga o'z fikrini bildirdi. - Ushbu marosimda bosh sovrinni Leo Messiga topshirganimdan faxrlanaman va u bunga loyiq edi. Biz raqibmiz, dushman emas. Bunday ehtiroslar futbolda ko'p uchrab turadi. Ronalduning ishtirok etmaganiga kelsak, o'z o'zim haqimda gapiraman. Bu erda ekanligimdan baxtiyorman. Futbol — bu hurmat. Garchi g'olib bo'lmasangiz ham, raqiblaringizni hurmat qilish uchun bu erda bo'lishingiz shart, — dedi Modrich A Bolaga bergan intervyusida.[/b]