
“Real” 33-tur yakunlariga ko'ra “Barselona” bilan oradagi farqni saqlab qoldi. 26 aprel kuni Karlo Anchelotti shogirdlari "Real Sosedad"ni mag'lub etishdi (1:0). 29 aprel tunda kataloniyaliklar “Valensiya”ni mag'lub etishdi (3:2). Ispaniya chempionati yakunlanishiga 5 tur qolganda klublar orasida 11 ochko farq bor – 84 va 73. "Real" chempionlikni qo'lga kiritishi uchun 4 ochko to'plashi kerak. Shuningdek, kuchli to'rtlikdan “Jirona” (71 ochko) va “Atletiko Madrid” (64) joy olgan.

Fikrlar 0