Vitor Roke "Barselona"da qolishga umid qilmoqda.

Cadena SER jurnalisti Santi Ovallening xabar berishicha, hujumchi keyingi mavsumda jamoada bo'lishni istamoqda. U ijaraga ketish haqida o'ylamaydi.

Uning maoshi kam, braziliyalikning asosiy muammosi “blaugrana” bosh murabbiyi Xavi. U futbolchiga ishonmaydi.

Joriy mavsumda Roke La Ligada 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.