
"Napoli" Xvicha Kvaratsxeliya transferi uchun 100 million evrodan ko'proq pul talab qiladi.
Oldinroq "Napoli" vingeriga "PSJ" va "Barselona" klublari qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgandi.
Correira Dello Sport xabariga ko'ra, italyan klubi futbolchini 120-130 million evroga baholamoqda. Ayni paytda neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis uni qo'yib yuborishni istamayapti.
"Napoli" gruziyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. "Roma" bilan o'yin (2:2) oldidan klub vakillari agent Mamuka Jugeli va Xvichaning otasi bilan muzokara olib borishdi. Tez orada ular yana uchrashadi.
A Seriyaning joriy mavsumida Kvaratsxeliya 31 o'yin o'tkazib, 10 gol va 6 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar 0