Kataloniyaning "Barselona" klubi "Portu" vingeriga ko'z tikmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" "ajdarlar"dan 27 yoshli Pepe Akinoni sotib olmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, "Barselona" yozda chap vingerni jamoaga taklif qilmoqchi.

Buning uchun ustuvor nomzodlar - Bilbaoning "Atletik" klubidan Niko Uilyams va "RB Leyptsig"dan Dani Olmo.

Biroq, ikkala futbolchi ham jiddiy pul talab qilmoqda va "Barselona" moliyaviy muammolar tufayli ko'p mablag' sarflay olmaydi.