
"Las-Palmas" yarim himoyachisi Alberto Moleyro faoliyatini Angliya premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin.
Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi. Manbaning xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchini o'z safiga "Liverpul" klubi qo'shib olmoqchi.
Mersisaydliklarning ispaniyalik yarim himoyachi uchun kurashdagi raqiblari: “Barselona”, “Inter” va “Aston Villa” bo'ladi.
Moleyroning yuqorida tilga olingan klublardan biriga transferi kelasi yozda rasmiylashtirilishi mumkin.
Potentsial transfer qiymati 30 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar 0