
"Barselona" sardori Serxi Roberto klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqinlashmoqda.
Avval xabar qilinganidek, kataloniyaliklar 32 yoshli futbolchining tez orada ketishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, uni o'z saflarida saqlab qolishga qaror qilishdi.
Jurnalist Fernando Polo xabariga ko'ra, hozirda "Barselona" himoyaning o'ng qanotida o'ynay oladigan ispaniyalik yarim himoyachi uchun yangi shartnoma ustida faol ishlamoqda.
Fikrlar 0