"Barselona" Rafinya Dias bilan xayrlashmoqchi.

Diario Sport xabariga ko'ra, kataloniyaliklar braziliyalik vinger uchun takliflarni ko'rib chiqmoqda. Variantlardan biri Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o'tish bo'lib, u bonuslar bilan birga 100 million evro to'lashga tayyor.

"Barsa" allaqachon Rafinyaga o'z niyatlarini bildirgan. Xususan, braziliyalik futbolchi qolishga qaror qilsa, kelasi mavsum u ikkinchi darajali rolda bo'lishini biladi.

Kataloniyaliklar hujumning chap qanotida o'ynash uchun "Atletik"dan Niko Uilyamsni sotib olmoqchi.