
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes markaziy himoyachi Andreas Kristensenni keyingi mavsumda o'z pozitsiyasiga qaytarmoqchi.
Ushbu mavsumda daniyalik bu pozitsiyada o'yinchilar etishmasligi sababli asosan yarim himoyachi sifatida o'ynadi. Jurnalist Ferran Korreasning yozishicha, Xavi yozda uning jamoasi murabbiyning o'yin uslubiga mos keladigan yangi himoyachini sotib olishiga umid qilmoqda.
Yarim himoyachining transferi Kristensenning markaziy himoyaga qaytishiga yordam beradi. 27 yoshli Andreas joriy mavsum Ispaniya chempionatida ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0