
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoasining "Real Sosedad"ga (2:0) qarshi o'yindagi g'alabasi haqida gapirdi.
“Ko'k-anorranglilar” 40-daqiqada Lamin Yamalning sa'y-harakatlari evaziga oldinga chiqib olishdi va o'yin oxirida Rafinya Dias penaltini golga aylantirib, yakuniy natijani o'rnatdi.
"Muhim g'alaba. Biz yaxshi o'ynadik va ikkinchi o'ringa qaytishga muvaffaq bo'ldik. "Real Sosedad" bizni doim qiynagan. Imanol Alguasil - ajoyib murabbiy, uning jamoasi o'ziga xos tarzda tashkil etilgan", - deya Xavining so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Fikrlar 0