"Barselona" La Liganing 36-turi doirasida "Almeriya"ni mag'lub etdi (2:0).

Shu tariqa, 36 turdan keyin Kataloniya klubi 79 ochko jamg'arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

“Barselona” uchinchi o'rindagi “Jirona”dan 4 ochko oldinda. La Ligadagi ikkinchi o'rin klubning kelasi mavsumda Ispaniya Superkubogidagi ishtirokini ta'minlaydi.