"Milan" yangi mavsumda Stefano Pioli o'rniga keladigan nomzodni tanlash ishlarini olib bormoqda.

Jurnalist Stefano Longari xabariga ko'ra, "rossonerilar" rahbariyati so'nggi voqealardan so'ng iste'foga chiqarilishi kutilayotgan Xavini kuzatmoqda. Agar u kataloniyaliklardan ketsa, "rossonerilar" uni jamoaga olib kelmoqchi.

44 yoshli Xavi yaqindagina "ko'k-anorranglilar" bilan kelasi mavsumda ham ishlashini e'lon qilgandi.