Hujumkor yarim himoyachi Ferran Torres yozgi transfer oynasida "Barselona"ni tark etishi mumkin.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli vinger "Valensiya"ga qaytishni istaydi. "Ko'rshapalaklar" rahbariyati bunday kelishuvga qarshi emas. Transfermarkt ekspertlari Ferranning narxini 35 million evroga baholamoqda.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy Ispaniya chempionatida Torres safida 28 ta o'yin o'tkazgan. Yarim himoyachining hisobida ettita gol va ikkita golli uzatma bor.