
Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiiy Xavi yaqin orada iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, agar 44 yoshli ispaniyalik mutaxassis iste'foga chiqariladigan bo'lsa, «ko'k-anorranglilar» Xavi va uning murabbiylar shtabiga 12 million evro tovon puli to'lab berishi kerak bo'ladi.
Avvalroq, Xavi klubning moliyaviy holati yomon ekanligini omma oldida aytgani uchun ishdan olinishi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar 0