«Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining Kataloniya klubida oladigan maosh miqdori oshishda davom etadi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Robertning keyingi mavsumdagi maoshi 32 million evroni, 2025/26 yilgi mavsumda esa 26 million evroni tashkil qiladi.

Oldinroq, agar u 2024/25 yilgi mavsumda klub o'yinlarining 55 foizdan kamrog'ida o'ynasa, klub u bilan shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.