Sharl de Ketelare "Atalanta"da qolishi mumkin.

Bergamo klubi 23 yoshli yarim himoyachini "Milan"dan ijaraga olmoqchi, deya xabar beradi Fabritsio Romano.

Shartnomada to'liq transfer shartlari ko'rsatilgan: “Atalanta” 23 million evro to'lashi kerak, yana 4 millioni bonuslar ko'rinishida to'lanishi mumkin.

Bundan tashqari, «Milan» futbolchining keyingi transfer narxining 10 foizini olishi mumkin.

A Seriyaning joriy mavsumida de Ketelare 33 o'yin o'tkazib, 10 gol urdi va 6 golga assistentlik qilgan.